YoDGOR NIShONOVЁДГОР НИШОНОВ
01. 04. 1918, Norin tumani, Boyovul qishlog‘i — 01. 10. 1979, Uchqo‘rg‘on01. 04. 1918, Норин тумани, Бойовул қишлоғи — 01. 10. 1979, Учқўрғон
(01. 04. 1918, Norin tumani, Boyovul qishlog‘i — 01. 10. 1979, Uchqo‘rg‘on) — o‘qituvchi, rahbar xodim. Ish faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan (1933), 30-yillarda Norin tumanida «Paxtachi» gazetida, so‘ngra tuman komsomol va firqa qo‘mitalarida ishlaydi (1942-46). Bir muddat viloyat ijroqo‘mida mas’ul kotiblik lavozimida ishlagach 1952 yildan Norin tumani, 1963 yildan Uchqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasida tashkiliy bo‘lim mudiri, 1975 yildan Uchqo‘rg‘on shahar soveti raisi bo‘lib ishlagan. 1979 yildan respublika ahamiyatidagi mehnat faxriysi. «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» va boshqa medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Yodgor Nishonov tuman iqtisodiyoti, madaniyati, qishloq xo‘jaligi kabi qator sohalarni yuksaltirishda astoydil mehnat qilgan jonkuyar, tajribali inson edi. Uchqo‘rg‘on shahri «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(01. 04. 1918, Норин тумани, Бойовул қишлоғи — 01. 10. 1979, Учқўрғон) — ўқитувчи, раҳбар ходим. Иш фаолиятини ўқитувчиликдан бошлаган (1933), 30-йилларда Норин туманида «Пахтачи» газетида, сўнгра туман комсомол ва фирқа қўмиталарида ишлайди (1942-46). Бир муддат вилоят ижроқўмида масъул котиблик лавозимида ишлагач 1952 йилдан Норин тумани, 1963 йилдан Учқўрғон тумани фирқа қўмитасида ташкилий бўлим мудири, 1975 йилдан Учқўрғон шаҳар совети раиси бўлиб ишлаган. 1979 йилдан республика аҳамиятидаги меҳнат фахрийси. «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун» ва бошқа медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Ёдгор Нишонов туман иқтисодиёти, маданияти, қишлоқ хўжалиги каби қатор соҳаларни юксалтиришда астойдил меҳнат қилган жонкуяр, тажрибали инсон эди. Учқўрғон шаҳри «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.