AKBARALI HAYITOVАКБАРАЛИ ҲАЙИТОВ
15. 05. 1928, Qayqi15. 05. 1928, Қайқи
(15. 05. 1928, Qayqi) — hisobchi-iqtisodchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor (1972). 1943-52 yillarda oddiy kolxozchi, tabelchi, yordamchi hisobchi bo‘lib ishlagan. So‘ngra Telman nomli jamoa xo‘jaligida bosh hisobchi (1953-56), firqa qo‘mitasi kotibi (1957-58), «Leningrad» jamoa xo‘jaligida iqtisodchi (1959-68), «Andijon» jamoa xo‘jaligida bosh hisobchi, Oxunboboev (1972-78) va «Leningrad» (1979-83) jamoa xo‘jaliklarida boshqaruv raisi bo‘lib ishladi. «Mehnat Qizil bayroq» (1973), Lenin (1976) ordenlari, medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Akbarali Hayitov rahbarlik qilgan yillari jamoa xo‘jaliklari barcha sohalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi, bir necha bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Uning rahbarligida Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida hammom, 2 ta maktab, 2 ta bolalar bog‘chasi, 35 o‘rinli klub, kinoteatr, maishiy xizmat uyi kabi ko‘plab binolar qurib ishga tushirildi.
(15. 05. 1928, Қайқи) — ҳисобчи-иқтисодчи, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор (1972). 1943-52 йилларда оддий колхозчи, табелчи, ёрдамчи ҳисобчи бўлиб ишлаган. Сўнгра Телман номли жамоа хўжалигида бош ҳисобчи (1953-56), фирқа қўмитаси котиби (1957-58), «Ленинград» жамоа хўжалигида иқтисодчи (1959-68), «Андижон» жамоа хўжалигида бош ҳисобчи, Охунбобоев (1972-78) ва «Ленинград» (1979-83) жамоа хўжаликларида бошқарув раиси бўлиб ишлади. «Меҳнат Қизил байроқ» (1973), Ленин (1976) орденлари, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Акбарали Ҳайитов раҳбарлик қилган йиллари жамоа хўжаликлари барча соҳалар бўйича юқори кўрсаткичларга эришилди, бир неча бор мусобақа ғолиби бўлди. Унинг раҳбарлигида Охунбобоев номли жамоа хўжалигида ҳаммом, 2 та мактаб, 2 та болалар боғчаси, 35 ўринли клуб, кинотеатр, маиший хизмат уйи каби кўплаб бинолар қуриб ишга туширилди.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.