UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

AZIZBOY MUYDINOVАЗИЗБОЙ МУЙДИНОВ

1904-1980, Chek1904-1980, Чек

АЗИЗБОЙ МУЙДИНОВ
(1904-1980, Chek) — mirob, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator. 1927 yildan to umrining oxirigacha tuman suv xo‘jaligida turli vazifalarda ishlab, bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Katta Farg‘ona kanali qazib ishga tushirishda alohida faollik, mehnat jasorati namunalarini ko‘rsatgan. «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun», «Shavkatli mehnati uchun» (2 marta) va boshqa medallar, nishonlar bilan taqdirlangan. Chek qabristoniga dafn etilgan.
(1904-1980, Чек) — мироб, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ирригатор. 1927 йилдан то умрининг охиригача туман сув хўжалигида турли вазифаларда ишлаб, бу соҳа ривожига салмоқли ҳисса қўшган. Катта Фарғона канали қазиб ишга туширишда алоҳида фаоллик, меҳнат жасорати намуналарини кўрсатган. «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун», «Шавкатли меҳнати учун» (2 марта) ва бошқа медаллар, нишонлар билан тақдирланган. Чек қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.