HABIBULLO SOLIEVҲАБИБУЛЛО СОЛИЕВ
1926, Uychi tumani, Mashad qishloq1926, Уйчи тумани, Машад қишлоқ
(1926, Uychi tumani, Mashad qishloq) — muallim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1972), xalq maorifi a’lochisi (1963). Mehnat faoliyatini kolxozchi, kosiblikdan boshlagan (1943-47). 1949-54 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani Oxunboboev nomli maktabda o‘qituvchi, 1954-57 yillarda 12-o‘rta maktab direktori. Tuman firqa qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i (1957-59), tuman maorif bo‘limi mudiri (1959-63), 2-o‘rta maktab direktori (1963-80) bo‘lib ishlagan. Hozirda urush va mehnat faxriylari tuman kengashining raisi. «Shavkatli mehnati uchun» va boshqa medallar, faxriy yorliqlar, nishonlar bilan taqdirlangan. Habibullo Soliev rahbarlik qilgan yillari yangi maktab, bolalar bog‘chalari barpo etildi, o‘quv muassasalari yuqori malakali yosh kadrlar bilan ta’minlandi, moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi.
(1926, Уйчи тумани, Машад қишлоқ) — муаллим, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими (1972), халқ маорифи аълочиси (1963). Меҳнат фаолиятини колхозчи, косибликдан бошлаган (1943-47). 1949-54 йилларда Учқўрғон тумани Охунбобоев номли мактабда ўқитувчи, 1954-57 йилларда 12-ўрта мактаб директори. Туман фирқа қўмитасида бўлим бошлиғи (1957-59), туман маориф бўлими мудири (1959-63), 2-ўрта мактаб директори (1963-80) бўлиб ишлаган. Ҳозирда уруш ва меҳнат фахрийлари туман кенгашининг раиси. «Шавкатли меҳнати учун» ва бошқа медаллар, фахрий ёрлиқлар, нишонлар билан тақдирланган. Ҳабибулло Солиев раҳбарлик қилган йиллари янги мактаб, болалар боғчалари барпо этилди, ўқув муассасалари юқори малакали ёш кадрлар билан таъминланди, моддий-техника базаси мустаҳкамланди.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.