YuNUSALI XOLMIRZAEVЮНУСАЛИ ХОЛМИРЗАЕВ
25. 02. 1925—01. 03. 1994, Kattachek25. 02. 1925—01. 03. 1994, Каттачек
(25. 02. 1925—01. 03. 1994, Kattachek) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor. Andijon jamoa xo‘jaligida dehqon, brigada hisobchisi, taftish komissiya raisi va uzoq yillar mobaynida paxtachilik brigadasi boshlig‘i bo‘lib mehnat qilgan. «Lenin» ordeni, medallar, faxriy yorliq va nishonlar bilan taqdirlangan. Yunusali Xolmirzaev etakchilik qilgan kichik jamoa hosildorlikda hamisha yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelgan, doim ilg‘orlar safida bo‘lgan. Tajribali tashkilotchi, usta paxtakor, mehribon inson edi. «Kattachek» qabristoniga dafn etilgan.
(25. 02. 1925—01. 03. 1994, Каттачек) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор. Андижон жамоа хўжалигида деҳқон, бригада ҳисобчиси, тафтиш комиссия раиси ва узоқ йиллар мобайнида пахтачилик бригадаси бошлиғи бўлиб меҳнат қилган. «Ленин» ордени, медаллар, фахрий ёрлиқ ва нишонлар билан тақдирланган. Юнусали Холмирзаев етакчилик қилган кичик жамоа ҳосилдорликда ҳамиша юқори кўрсаткичларга эришиб келган, доим илғорлар сафида бўлган. Тажрибали ташкилотчи, уста пахтакор, меҳрибон инсон эди. «Каттачек» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.