UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ABDULLAJON QODIROVАБДУЛЛАЖОН ҚОДИРОВ

Tug‘ilgan sana: 19561956

АБДУЛЛАЖОН ҚОДИРОВ
(1956, Uchqo‘rg‘on shahri) — muhandis-mexanik, rahbar xodim. Mehnat faoliyatini 1973 yilda Chkalov nomli to‘qimachilik aviasiya ishlab chiqarish birlashmasida chilangarlikdan boshlagan. 1981-85 yillarda «Uzselxozximiya» birlashmasida muhandis. 1985-87 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasining tashviqot va targ‘ibot bo‘limi yo‘riqchisi, 1988-90 yillarda shu bo‘lim mudiri, 1990-92 yillarda tuman kengashi raisi muovini, 1992-94 yillarda tuman hokimining o‘rinbosari, 1994 yildan Uchqo‘rg‘on shahri hokimi. Tajribali, ishchan, tashabbuskor rahbar, davr qo‘yayotgan ijtimoiy muammolarni hal etish, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish tashkilotchilaridan.
(1956, Учқўрғон шаҳри) — муҳандис-механик, раҳбар ходим. Меҳнат фаолиятини 1973 йилда Чкалов номли тўқимачилик авиация ишлаб чиқариш бирлашмасида чилангарликдан бошлаган. 1981-85 йилларда «Узсельхозхимия» бирлашмасида муҳандис. 1985-87 йилларда Учқўрғон тумани фирқа қўмитасининг ташвиқот ва тарғибот бўлими йўриқчиси, 1988-90 йилларда шу бўлим мудири, 1990-92 йилларда туман кенгаши раиси муовини, 1992-94 йилларда туман ҳокимининг ўринбосари, 1994 йилдан Учқўрғон шаҳри ҳокими. Тажрибали, ишчан, ташаббускор раҳбар, давр қўяётган ижтимоий муаммоларни ҳал этиш, иқтисодий ислоҳотларни муваффақиятли амалга ошириш ташкилотчиларидан.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.