UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

NURMATJON QAMBARALIEVНУРМАТЖОН ҚАМБАРАЛИЕВ

1920 Uychi tumani, Yorqo‘rg‘on qishlog‘i — 07. 1994, Uchqo‘rg‘on1920 Уйчи тумани, Ёрқўрғон қишлоғи — 07. 1994, Учқўрғон

НУРМАТЖОН ҚАМБАРАЛИЕВ
(1920 Uychi tumani, Yorqo‘rg‘on qishlog‘i — 07. 1994, Uchqo‘rg‘on) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi 27-maktabda o‘qituvchi va o‘quv bo‘limi mudiri (1941-43) bo‘lib ishlagan. 1943-44 yillarda frontda. Urushdan qaytgach, 27-maktabda o‘qituvchi, ilmiy mudir, direktor (1944-58), tuman xalq maorifi bo‘limi mudiri (1958-59), 8-maktabda direktor (1959-91). «Jangovar xizmatlari uchun», «Shavkatli mehnati uchun» medallari, faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Nurmatjon Qambaraliev tumanda xalq maorifini rivojlantirish, maktablarning jihoziy bazasini mustahkamlash, berilayotgan bilim saviyasini ko‘tarishning mohir tashkilotchilaridan biri. Tajribali, bilimli muallim edi. «Tirikmozor» qabristoniga dafn etilgan.
(1920 Уйчи тумани, Ёрқўрғон қишлоғи — 07. 1994, Учқўрғон) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ўқитувчи. Учқўрғон туманидаги 27-мактабда ўқитувчи ва ўқув бўлими мудири (1941-43) бўлиб ишлаган. 1943-44 йилларда фронтда. Урушдан қайтгач, 27-мактабда ўқитувчи, илмий мудир, директор (1944-58), туман халқ маорифи бўлими мудири (1958-59), 8-мактабда директор (1959-91). «Жанговар хизматлари учун», «Шавкатли меҳнати учун» медаллари, фахрий ёрлиқлари билан тақдирланган. Нурматжон Қамбаралиев туманда халқ маорифини ривожлантириш, мактабларнинг жиҳозий базасини мустаҳкамлаш, берилаётган билим савиясини кўтаришнинг моҳир ташкилотчиларидан бири. Тажрибали, билимли муаллим эди. «Тирикмозор» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.